Oynadagi raqam
Raqamingiz hammaga ochiq — notanish qo'ng'iroq va reklama.
O'zbekiston haydovchilari uchun
Oynangizdagi stikerni skanerlab, sizga xabar yuborishadi. Raqamingiz hech kimga ko'rinmaydi — signal telefoningizga va soatingizga keladi.
Stiker — 19 000 so'm 1 500+ haydovchi · 200+ servis



Qanday ishlaydi
Yuboruvchiga ilova kerak emas — u shunchaki kamerani ochadi.
Old oynaning ichki tomoniga. Kod va QR tashqaridan ko'rinadi.

Brauzerda sahifa ochiladi va tayyor to'rtta xabardan birini tanlaydi.
Nima haqida xabar beriladi
Faqat shu to'rttasi. Erkin matn yo'q — shuning uchun bu janjal kanaliga aylanmaydi.

Signal telefoningizga va soatingizga keladi. Bir bosishda «Chiqyapman — 2 daqiqada» deb yuborasiz.

Maxfiylik
Oynadagi telefon raqamini har o'tgan odam ko'radi, yozib oladi va istalgan payt qo'ng'iroq qiladi. Bip stikerida raqam yo'q.
Oynadagi raqam
Raqamingiz hammaga ochiq — notanish qo'ng'iroq va reklama.
Bip stiker
Raqam ko'rinmaydi — faqat kerakli xabar keladi.
Yuboruvchi ham, siz ham bir-biringizning telefon raqamingizni ko'rmaysiz.
Bir odam sizga kuniga uchtadan ortiq xabar yubora olmaydi.
Bezovta qilayotgan odamni bloklaysiz. U buni bilmaydi.
Kechasi signal keladi, lekin ovozsiz. Vaqtni o'zingiz belgilaysiz.
Yuboruvchidan telefon raqami so'ralmaydi, qoldirgan izi esa 90 kundan keyin o'chiriladi.
Signal, qo'ng'iroq va xabarlar tarixi hech qachon pullik bo'lmaydi.
Ilovada nima bor
Quyidagilar — ilovaning haqiqiy ekranlari, chizma emas. Raqamlar — namuna.
Qayerga qo'yganingiz o'zi saqlanadi — qavat, sektor va piyoda yo'l.

Qaysi ish qachon qilingan va keyingisiga necha km qolgani.

Evakuator, g'ildirak, akkumulyator — muammoni tanlang, yaqin servis chaqiruvni oladi.

Mashinaga ulanganda yurilgan masofa avtomatik saqlanadi.

Sug'urta va texko'rik tugashidan oldin eslatadi.

Ba'zi servislar har tashrifdan bonus beradi — keyingi safar to'lovdan ayriladi.

Mashina haqida savol yozing — servis ustalari javob beradi.

Telefon raqamisiz: QR yoki davlat raqamini skanerlang va egasiga xabar yuboring.

Kodni PDF qilib yuklab oling va istalgan printerda chop eting.

Ustalar, servislar, yoqilg'i va yo'l yordami — hamma turlar bitta ro'yxatda. Eng yaqini birinchi ko'rsatiladi.
Bazada 1345 ta nuqta, O'zbekiston bo'ylab

Sun'iy intellekt
Servis ruscha yozsa — o'zbekcha o'qiysiz. Mashinada nimadir bo'lsa — o'z so'zingiz bilan yozasiz, Bip qaysi ustaga borishni aytadi.
Bip tashxis qo'ymaydi. Avtomatik tarjima va tavsiya xato bo'lishi mumkin — muhim narsani usta bilan aniqlang.






Soatda
Telefon cho'ntakda yoki uyda qolsa ham, signal bilakda tebranadi. Javob — telefonni olmasdan.
Qurilmalar
Bitta hisob — hamma qurilmada. Signal qayerda bo'lsangiz, o'sha yerga keladi.
CarPlay va Android Auto'da — Bip, Android magnitolalar uchun — Bip Auto: probeg o'zi yoziladi.

Bip va Bip Business Mac'da ham: signal katta ekranda, servis kassasi yonida — ishlar, mijozlar, qarzlar va hisobot.

Servis egalariga · Bip Business
Ishni 15 soniyada yozasiz — keyingi xizmat vaqti kelganda mijozga eslatma o'zi boradi. Qarz, keshbek va oylik hisobot — bir joyda.


Mashina raqamini skanerlaysiz va ishni yozasiz. Mijoz keyingi safar kelganda butun tarix qo'lingizda, mashina egasi esa o'z ilovasida xizmat tarixini ko'radi.
Stiker
19 000so'm
Stiker — 19 000 so'm, Uzum Market'da. Ilova bepul.
Savollar
Ha, va bu ataylab shunday. Kod ko'chada ko'rinib turadi — u faqat tayyor to'rtta xabardan birini yuborish huquqini beradi, boshqa hech narsani. Erkin matn yo'q, telefon raqamingizga kirish yo'q. Kimdir suiiste'mol qilsa, bir bosishda bloklaysiz.
Stiker uni birinchi ulagan odamga bog'lanadi — shuning uchun olgan zahotingiz ulang. Stikeringiz boshqa mashinada ko'rinsa, uni skanerlab «Stiker boshqa mashinada» tugmasini bosing: tekshirib, bloklaymiz.
Asosiy server Germaniyada, zaxira nusxalari Finlyandiyada (Yevropa Ittifoqi); O'zbekistondagi serverlarga ko'chirish rejalashtirilgan. Xabarlar 2 soatdan keyin o'chiriladi, joylashuv ma'lumotlari 90 kundan keyin anonimlashtiriladi. Mashina egasi bazasini biz o'zimiz yig'amiz — egasini aniqlash uchun davlat bazalariga ulanmaymiz.
Xabar yuborish uchun ilova kerak emas — kamerani ochib skanerlash kifoya. Lekin xabar qabul qilish va javob berish uchun ilova kerak, chunki signal push orqali keladi.
Ha: Galaxy Watch va boshqa Wear OS soatlarida signal keladi, soatdan tayyor javob yuborasiz. Apple Watch'da ham signal keladi va soatdan javob yuboriladi.
Ha: Bip va Bip Business Mac App Store'da bor. Servis egalari app.bip.uz orqali istalgan brauzerda ham ishlaydi.
Ha. Mashinani davlat raqami bilan qo'shasiz va xabar olasiz. Faqat bunday yozuv tasdiqlanmagan bo'ladi: stikerni ulaganingizda tasdiqlanadi va stiker har doim ustun turadi.
Nuqtalar OpenStreetMap ma'lumotidan (ODbL) olinadi va qo'lda tekshiriladi; ustalar va chaqiriladigan xizmatlar ro'yxati alohida yig'iladi. Xato ko'rsangiz yozing — tuzatamiz.
Servis ustasi (Bip Business) siz haqingizda hech narsa ko'rmaydi — faqat mashina raqami, modeli, rangi va shu servisning o'zi avval kiritgan yozuvlar. Usta kiritgan yozuv siz tasdiqlamaguningizcha tarixingizga tushmaydi. Bip'da ro'yxatdan o'tmagan mashina uchun usta kiritgan yozuvlar egasi topilmasa oxirgi tashrifdan 24 oy o'tgach o'chiriladi. Servisning o'z joylashuvi faqat usta «Men shu yerdaman» tugmasini bosganda, bir marta olinadi; sizning joylashuvingiz hech qachon so'ralmaydi.
Bip — mashina oynasiga yopishtiriladigan QR stiker orqali haydovchilar bir-biriga telefon raqamini ko'rsatmasdan bog'lanadigan xizmat.
Bog'lanish to'rt qadamda amalga oshadi, yuboruvchiga ilova kerak emas.
Ilova va bog'lanish xizmati haydovchilar uchun bepul. Faqat stiker pullik — Uzum Market'da 19 000 so'm.
Yuboruvchi tayyor to'rtta xabardan birini tanlaydi — aynan shu holatlar uchun:
Yuboruvchi ham, mashina egasi ham bir-birining telefon raqamini ko'rmaydi.
Stiker Uzum Market'da sotiladi — buyurtma o'sha yerda beriladi.
Ha, avtoservislar va ustalar uchun alohida Bip Business ilovasi bor.
Ilovani yuklab oling
Ilovani o'rnating, stikerni yopishtiring — tamom.
Xabar yuborish uchun ilova kerak emas. Lekin qabul qilish va javob berish uchun kerak — signal push orqali keladi.
Android 8.0+ va iOS 17+ qo'llab-quvvatlanadi.