B2B
UZ
Anketa
Avtoservislar uchun

Moy almashtirish xizmatingizni Bip'da ko'rsating

Bip ilovasidagi haydovchilar yaqin atrofdagi servisni xarita va ro'yxatdan topadi. Servisingiz o'sha yerda bo'lsin — ro'yxatdan o'tish bepul.

1 ish kuni ichida bog'lanamiz

0 so'mRo'yxatdan o'tish va katalogda turish
30 soniyaAnketani to'ldirish
1 kunMenejer qo'ng'irog'i va kartochka ochilishi
Bip Business ilovasi

Servisingiz uchun 12 ta asosiy imkoniyat

Katalogdan tashqari — servis egasi va ustalar uchun alohida ilova. Yozuvlar, mijozlar, qarzlar va foyda telefoningizda.

Ish kuni

  • Bip Business ilovasi ekrani: Servisda nima bo'layotgani — bir ekranda

    Servisda nima bo'layotgani — bir ekranda

    Hozir servisdagi mashinalar, bugungi yozuvlar va daromad, muddati o'tganlar. Ilovani ochasiz — hammasi ko'rinadi.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Ishni yozish — bir necha bosish

    Ishni yozish — bir necha bosish

    Majburiysi faqat mashina raqami va ish turi. Ko'p yoziladigan turlar tepada, narx va probeg — ixtiyoriy.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Mashina qaysi bosqichda — mijoz biladi

    Mashina qaysi bosqichda — mijoz biladi

    Qabul qilindi, Ishlanmoqda, Tayyor, Olib ketildi. Mashina Bip'da bo'lsa, haydovchi holatni ilovada ko'radi va tayyor bo'lganda xabar oladi.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Mijozga tayyor SMS — bir bosishda

    Mijozga tayyor SMS — bir bosishda

    Saqlagach SMS oynasi xizmatlar va summa bilan ochiladi, oxirida mashina tarixiga havola. «Yuborish»ni o'zingiz bosasiz — SMS o'z raqamingizdan ketadi.

Pul va hisob

  • Bip Business ilovasi ekrani: Qarzlar — ro'yxatda, daftarda emas

    Qarzlar — ro'yxatda, daftarda emas

    Jami qarz, kim qancha qarz, to'lov kuni va kechikkanlar. To'lovni to'liq yoki qisman qabul qilasiz.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Xarajatlar: ijara, maosh, ehtiyot qism

    Xarajatlar: ijara, maosh, ehtiyot qism

    Oylik xarajatni kiritasiz, takrorlanadiganlari (ijara, maosh) keyingi oyga o'zi o'tadi. Hisobotda daromaddan ayiriladi.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Oylik foyda — raqamlarda

    Oylik foyda — raqamlarda

    Daromad, xarajat, sof foyda va o'rtacha chek — o'tgan davr bilan solishtirib. Buxgalteriya uchun ulashish ham bor.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Doimiy mijozga chegirma va keshbek

    Doimiy mijozga chegirma va keshbek

    Necha tashrifdan keyin necha foiz chegirma — o'zingiz belgilaysiz, hisobini ilova qiladi. Keshbek keyingi kelganda narxdan ayiriladi.

Mijoz qaytib keladi

  • Bip Business ilovasi ekrani: Qaytish vaqti kelganini ko'rasiz

    Qaytish vaqti kelganini ko'rasiz

    Muddati o'tgan va yaqin kunlarda kelishi kerak mashinalar bir ro'yxatda. «Eslatish» tugmasi bilan mijozga eslatma yuborasiz.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Har mijozning tarixi — bir bosishda

    Har mijozning tarixi — bir bosishda

    Nechta tashrif, jami summa, o'rtacha chek, oxirgi probeg va qaysi xizmatlar qilingani. Mijoz kelganda tarixini allaqachon bilasiz.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Aksiya — to'g'ridan-to'g'ri haydovchilarga

    Aksiya — to'g'ridan-to'g'ri haydovchilarga

    Chegirma yoki taklifni yaratasiz, haydovchilar uni ilovada ko'radi. Nechta kishi ko'rgani ham ko'rinib turadi.

  • Bip Business ilovasi ekrani: Haydovchi bilan chat va qo'ng'iroq

    Haydovchi bilan chat va qo'ng'iroq

    Yozishma va audio/video qo'ng'iroq — Bip ichida, telefon raqamlarini bermasdan. Matn, rasm, ovoz va joylashuv yuborasiz.

Ilovada yana

  • Jamoa va ustalar
  • Filiallar
  • Statistika
  • Kafolat
  • Yo'lda chaqiruvlar
  • Raqamsiz mashina (VIN)

Ekranlar namuna ma'lumotlar bilan: ismlar, raqamlar va summalar haqiqiy mijozlarniki emas.

Sun'iy intellekt

Yozuv va hisob — tezroq, sun'iy intellekt bilan

Bip Business ichida: savolingizga javob beradi, aytganingizni yozuvga aylantiradi, eski daftarni o'qiydi va mijoz xabarini tarjima qiladi. Natijani saqlashdan oldin o'zingiz ko'rasiz.

  • Bip Business, sun'iy intellekt: Bip yordamchisi: so'rang — javob beradi

    Bip yordamchisi: so'rang — javob beradi

    «Bu oy qancha ishladik? Kim qarzdor?» — javob servisingiz ma'lumotidan, kerakli bo'lim bir bosishda ochiladi. Usta faqat o'z yozuvlari bo'yicha javob oladi. Ovozli suhbat ham bor — daqiqalari tarifga qarab.

  • Bip Business, sun'iy intellekt: Ovoz bilan yozuv

    Ovoz bilan yozuv

    «Ovoz bilan to'ldirish»ni bosib ayting: «Moy va filtr, 350 ming, probeg 120 ming». Xizmat turi, narx va probeg o'zi to'ladi — «Saqlash»ni o'zingiz bosasiz.

  • Bip Business, sun'iy intellekt: Eski daftar — bir suratda

    Eski daftar — bir suratda

    Daftar sahifasini suratga oling: raqam, sana, ish va narx qatorlarga aylanadi. Tekshirib, tuzatib saqlaysiz — mijozlarga xabar ketmaydi. Faqat servis egasiga, oylik hajm tarifga qarab.

  • Bip Business, sun'iy intellekt: Mijoz boshqa tilda yozsa

    Mijoz boshqa tilda yozsa

    Haydovchi ruscha yozsa, «Tarjima»ni bosasiz va o'zbekcha o'qiysiz — va aksincha. Ovozli xabar ham matnga o'giriladi.

Yana

  • Davlat raqamini kameradan o'qish
  • app.bip.uz va Telegram'da ham

Javoblarni sun'iy intellekt beradi va xato qilishi mumkin: pul, shikoyat va ma'lumotni o'zgartirish — operator orqali. Ekranlarda namuna ma'lumotlar.

Nimalar olasiz

Bip — haydovchilar mashinasi bilan bog'liq hamma ishni yuritadigan ilova: xabarlar, hujjatlar, servis tarixi. Servisingiz shu ilova ichidagi katalogda bo'ladi.

Yangi mijozlar

Haydovchi sizni yaqin atrofdagi servislar ro'yxatida ko'radi va bir bosishda qo'ng'iroq qiladi.

Raqamli kartochka

Manzil, ish vaqti, xizmatlar narxi va rasmlar — hammasi bitta kartochkada, o'zingiz yangilab turasiz.

Reyting va sharhlar

Haqiqiy mijozlar bahosi yangi mijozlarga ishonch beradi. Yaxshi ishlagan servis ro'yxatda yuqoriga chiqadi.

Aksiya va takliflar

Chegirma, yangi xizmat yoki mavsumiy taklifni to'g'ridan-to'g'ri haydovchilarga e'lon qiling.

Uch qadam

Texnik bilim kerak emas. Hammasini biz qilamiz.

1

Anketani to'ldirasiz

30 soniya. Ism, telefon va servis haqida qisqa ma'lumot.

2

Menejer qo'ng'iroq qiladi

1 ish kuni ichida. Xizmatlar va narxlarni birga to'ldiramiz.

3

Kartochkangiz ochiladi

Servisingiz Bip ilovasida ko'rinadi. Bepul, abonent to'lovsiz.

Servisingiz shunday ko'rinadi

  • Narxlarni o'zingiz belgilaysiz va istalgan vaqt o'zgartirasiz.
  • Qo'ng'iroq tugmasi to'g'ridan-to'g'ri sizning raqamingizga ulanadi.
  • Haydovchi yo'l-yo'riqni bosadi — navigator sizning servisingizga olib keladi.
  • Har bir tugallangan ish sharh so'rovini yuboradi. Reyting o'z-o'zidan to'planadi.

Savollar

Rostdan ham bepulmi?

Ha. Servis kartochkasini ochish va katalogda turish bepul. Abonent to'lovi yo'q. Kelajakda qo'shimcha reklama imkoniyatlari pullik bo'lishi mumkin, lekin asosiy ro'yxat har doim bepul qoladi.

Shartnoma imzolash kerakmi?

Yo'q. Anketani to'ldirasiz, menejer qo'ng'iroq qilib ma'lumotlarni tasdiqlaydi — shu. Yuridik shaxs bo'lish ham shart emas.

Ma'lumotlarimni kim ko'radi?

Anketadagi ma'lumotlar faqat Bip menejeriga boradi. Ilovada esa siz ko'rsatishga rozi bo'lgan ma'lumotlar — servis nomi, manzil, ish vaqti, xizmatlar va narxlar — ko'rinadi.

Narxlarni o'zim boshqaramanmi?

Ha. Xizmat va narxlar ro'yxatini istalgan vaqtda o'zgartirasiz. Mavsumiy aksiya qo'shish ham o'z qo'lingizda.

Qancha vaqt oladi?

Anketa — 30 soniya. Menejer qo'ng'irog'i — 1 ish kuni ichida. Kartochka odatda o'sha suhbat davomida to'ldiriladi va darhol ishga tushadi.

Servisingizni Bip'ga qo'shing

Anketani to'ldiring — menejerimiz 1 ish kuni ichida bog'lanadi va kartochkangizni bepul ochadi.

Ismingizni yozing
To'liq raqam kiriting
Servis nomini yozing
Tumanni tanlang
Kamida bittasini tanlang

Ma'lumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi

Rahmat! Anketangiz qabul qilindi

Menejerimiz 1 ish kuni ichida siz ko'rsatgan raqamga qo'ng'iroq qiladi.

Telegramda davom etish
Anketani to'ldirish